Skip to main content
Yangiliklar

Muzaffar taekvondochilarimiz Toshkentda kutib olindi

By 05.06.2024June 8th, 2024No Comments

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida 1-3-iyun kunlari Koreya Respublikasining Munyong shahrida bo‘lib o‘tgan 27-xarbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi kutib olindi.

Tadbirda assosiatsiyamiz xodimlari, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari, sportchilarning yaqinlari hamda OAV va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, sportchilarimiz musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasida birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.