Skip to main content
Yangiliklar

Zominda Respublika Taekvondo WT markazi ish boshladi

By 22.05.2024No Comments

Bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Dashtobod shaharchasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirzoyoyevning 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-yanvardagi VMK-9-sonli qaroriga asosan respublikamizda birinchi bor taekvondo WT sport turiga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov, Zomin tumani hokimligi rahbariyati hamda Parij-2024 Olimpiadasi litsenzianti, zominlik sportchimiz Ozoda Sobirjonova ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, tumanda taekvondo WT maktabi ochilishiga qiziqish yuqori bo‘ldi va ilk kundanoq yoshlar maktabda mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rgana boshladi.

Ma’lumot o‘rnida, ayollar milliy terma jamoamiz a’zosi Ozoda Sobirjonova 2002-yil 7-dekabr kuni Zomin tumanida tavallud topgan. Ishonamiz-ki, kelajakda ushbu maktabdan Sobirjonova singari yuzlab shijoatli sportchilarimiz yetishib chiqadi.