Skip to main content
Yangiliklar

Terma jamoamiz Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi!

By 18.05.2024May 20th, 2024No Comments

Vyetnamning Da-Nang shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza, jami 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar terma jamoamiz ushbu natija orqali Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin:

Jasurbek Jaysunov (80 kg).

Kumush:

Feruza Sodiqova (62 kg).

Bronza:

Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Diyorbek To‘xliboyev (68 kg)
Najmiddin Qosimxojiyev (74 kg)
Gulsanam Alijonova (73 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).

Shu tariqa, terma jamoamiz kattalar o‘rtasidagi 26-Osiyo chempionatini ko‘tarinki kayfiyatda yuqori natijalar bilan yakunladi.