Skip to main content
Yangiliklar

Svetlana Osipova hamda Diyorbek To‘xliboyev Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi!

By 18.05.2024May 20th, 2024No Comments

Terma jamoamiz Osiyo chempionatini ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi.

Sportchilarimiz Diyorbek To‘xliboyev hamda Svetlana Osipova ham termamiz hisobiga bronza medallarini taqdim etdi.

Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi sohibi Osipova yarim final bellashuvida koreyalik Song Da Binga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Diyorbek To‘xliboyevga esa tailandlik Banglung Tubtimdangga qarshi final uchun bellashuvda biroz omad yetishmadi. Shunday bo‘lsa-da, sportchilarimizni qit’a birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy olgani bilan tabriklaymiz!