Skip to main content
Yangiliklar

Poytaxtimizda “Bek Mun Chong” xalqaro ochiq chempionati start oldi

By 21.05.2024No Comments

Bugun Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha 15-“Bek Mun Chong” an’anaviy xalqaro turniri boshlandi.

Musobaqada kattalar, yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasida kyorugi bellashuvlari, shuningdek, barcha yosh toifalarida pumse yo‘nalishidagi bellashuvlar va parataekvondo musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqaning bugungi kuni doirasida o‘smirlar o‘rtasida kyorugi va barcha yosh toifalarida pumse bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etish joiz, musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan, bundan tashqari, qo‘shni mamlakatlar – Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan tashrif buyurgan jami 1000 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Musobaqa jarayonlarini kuzatib boring.