Skip to main content
TadbirlarYangiliklar

Osiyo Taekvondo Ittifoqining Bosh Assambleyasida 2024 va 2025-yilgi musobaqalar rejalari belgilab olindi

By 13.05.2024May 15th, 2024No Comments

Bugun Vyetnamning Da-Nang shahrida Osiyo Taekvondo Ittifoqining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston taekvondo assosiatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ishtirok etdi.

Qayd etish joiz, assambleyada o’tgan davr mobaynida qilingan ishlar yuzasidan xisobotlar tinglandi. So’ng kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi va muhokama qilindi. 2024-yilda Osiyo qit’asida tashkil etiladigan nufuzli musobaqalar ro’yxati shakllantirildi.

Jumladan, tadbirda joriy yilda o‘tkaziladigan 6-Armiya o‘yinlarining mezboni aniqlandi. Unga ko‘ra, musobaqaga 15-20-oktyabr kunlari Indoneziyaning Tangerang shahri mezbonlik qiladi.

Shuningdek, assambleya davomida 2025-yilgi kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga Malayziya davlati mezbonlik qilishi e’lon qilindi.