Skip to main content
Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz Osiyo chempionati oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi

By 03.05.2024May 7th, 2024No Comments

Shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. 13-mayga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarda Qozog‘iston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, yig‘inga Tunis va Saudiya Arabistonidan ham sportchilar kelib qo‘shiladi.

Ta’kidlash joiz, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini terma jamoamiz sportchilari uchun Osiyo chempionati oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi.

Mashg‘ulotlarda terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Erkaklar:

Jahongir Xudoyberdiyev
Shamsiddin Qurbonov
Amirbek To‘rayev
Nazarali Nazarov
Ulug‘bek Rashitov
Diyorbek To‘xliboyev
Shuhrat Salayev
Jasurbek Jaysunov
Mavlonbek To‘xtasinboyev
Abbos Cho‘ponqulov
Marat Mavlonov
Nikita Rafalovich.

Ayollar:

Zebiniso Hoshimjonova
Zarnigor Xusniddinova
Marjona Primova
Madina Mirabzalova
Feruza Sodiqova
Ozoda Sobirjonova
Gulsanam Alijonova
Svetlana Osipova
Iroda Mirtojiyeva.