Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi va Kemyong universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

By 17.04.2024May 2nd, 2024No Comments

Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi binosida assosiatsiya rahbariyati va Koreya Respublikasining Kemyong jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan universiteti dekani, professor Li Song Jang boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ahamiyatlisi, uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat taekvondo sport turini yanada rivojlantirish va u yo‘ldagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida memorandum kelishuvini imzoladi.