Skip to main content
Tadbirlar

Yaxshi dam mehnatga hamdam! Taekvondo va boks yulduzlari iftor marosimiga yig‘ilishdi

By 24.03.2024No Comments

Bugun taekvondo WT bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zosi, Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Ulug‘bek Rashitov, boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov hamda ikkinchi eng yengil vaznda WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev, shuningdek taekvondo WT bo‘yicha Iordaniya terma jamoasining yetakchi sportchilari birgalikda iftor marosimiga yig‘ildi.

Ma’lumot o’rnida, iordaniyalik taekvondo ustasi Saleh El-Sharabati Tokio-2020 Olimpiadasi vitse chempioni bo‘lsa, Zaid Al-Halavani Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 22 yoshli Zaid Karim esa xalqaro Gran-pri turnirlarida to‘rt bor g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olganini ta’kidlash lozim.

Taekvondochilarga Parij-2024 Olimpiadasida zafarlar tilagan holda, bokschilarimizga ham keyingi janglarida muvaffaqiyatlar so‘rab qolamiz.