Skip to main content
Yangiliklar

Bu bizning kunimiz! Jasurbek Jaysunov ortiqcha qiyinchiliksiz Parij-2024 yo‘llanmasini hal qildi!

By 15.03.2024No Comments

Xitoyning Tayyan shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turnirida ikkinchi sportchimiz ham o‘z yurishini g‘alaba bilan yakunladi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasurbek Jaysunov (-80 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Iroqlik Sayf Tohir Habibga qarshi kechgan jangda Jaysunov osonlik ila 2:0 (17:2, 2:0) hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alaba orqali Jasurbek Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jasurbek Jaysunovni, uning yaqinlarini va muxlislarni yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va Olimpiadada ham omad tilaymiz!