Skip to main content
Yangiliklar

Ajoyib! Ozoda Sobirjonova Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

By 15.03.2024No Comments

Xabar berganimizdek, Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turniri o‘tkazilmoqda.

Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova (-67 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Quvonarlisi, vetnamlik Ti Kem Bakka qarshi kechgan ushbu jangda Sobirjonova kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur g‘alaba orqali Ozoda Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Barakalla, Ozoda. Sportchimizni, uning yaqinlarini va muxlislarni yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz!