Skip to main content
Yangiliklar

Yoshlarimiz ham “Fujayra Open-2024″ni yuqori notada o’tkazdi!

By 06.02.2024February 12th, 2024No Comments

Kecha, BAAning Fujayra shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo’yicha “Fujayra Open-2024” turniri doirasida yoshlar o’rtasidagi bellashuvlar o’tkazildi.

Ahamiyatlisi, unda O’zbekiston yoshlar terma jamoasining to’rt nafar a’zosi g’olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Sportchilarimiz turnir doirasida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

Oltin:

Gulshanoy Ismoilova (-44 kg)
Madina Shoniyozova (-46 kg).

Kumush:

Mubina Abdullayeva (-52 kg).

Bronza:

Aziz Sattorov (-48 kg).

Eslatib o’tamiz, milliy terma jamoamiz “Fujayra Open-2024” turnirini 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o’rinda yakunlagan edi.