Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi Sirdaryo viloyati bo‘limiga yangi ijrochi direktor tayinlandi

By 24.02.2024February 29th, 2024No Comments

Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Taekvondo WT sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida taekvondo WT sport turini yanada rivojlantirish, ushbu viloyatdan milliy terma jamoaga sportchilarni seleksiya qilishni yaxshilash va taekvondo sport turini olimpiyaviy sport turi sifatida yanada rivojlantirish hamda boshqa masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Kun taqvimidan viloyat bo‘limiga yangi ijrochi derektor tayinlash ham o‘rin olgan edi. Yig‘ilish davomida Jamshid Nasredinov O’zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi Sirdaryo viloyati bo’limi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Nasredinov Jamshid Mamadaliyevich 1991-yilning 1-fevral kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. U 2009 yilda Andijon olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan.

Hamkasbimizga yangi lavozimida omad va zafarlar tilab qolamiz!