Skip to main content
Yangiliklar

Kadetlar va o‘smirlar terma jamoamiz “Turkish Open-2024” musobaqasini umumiy 11 ta medal bilan yakunladi!

By 13.02.2024No Comments

8-14 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha 11-Xalqaro “Turkish Open-2024” turniri o‘tkazilmoqda.

Kecha musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarga ham yakun yasaldi. Unda xabar berganimizdek, to‘rt nafar hamyurtimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Shu tariqa, musobaqada ishtirok etgan kadetlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz uchun turnir o‘z yakuniga yetdi. Bu yilgi “Turkish Open” xalqaro musobaqasida kadetlar terma jamoamiz 5 ta, o‘smirlarimiz esa 6 ta medal qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:

Kadetlar:

Oltin:

Muhammadaziz Abdullayev (-164 sm)
Viktoriya Denisenko (-164 sm).

Kumush:

Sultonbek Nabiyev (-156 sm)
Omina Ergasheva (-160 sm).

Bronza:

Rabboniya Ruslanova (-168 sm).

O‘smirlar:

Oltin:

Valeriya Xegay (-44 kg)
Laylo Hasanova (-49 kg)
Behruz Salimov (-51 kg).

Kumush:

Murodjon Nafasov (-45 kg).

Bronza:

Dilmurod Ma’rufjonov (-48 kg)
Sulton Toshpo‘latov (-55 kg).

Ajoyib natija qayd etgan yosh sportchilarimizni hamda ularning yaqinlarini, shuningdek, murabbiylar shtabini tabriklaymiz!