Skip to main content
Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz yilning final Gran-prisida ishtirok etish maqsadida Manchesterga jo’nab ketdi!

By 30.11.2023No Comments

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-3-dekabr kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan “Manchester Regional Arena” majmuasida taekvondo WT bo’yicha kattalar o’rtasida “G10” tasnifidagi final Gran-pri o’tkaziladi.

Musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz vakillari bugun Manchesterga jo’nab ketdi.

Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

-68 kg: Ulug’bek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova.

Murabbiylar shtabi:

Bosh murabbiy: Pavel Xan
Murabbiy: Maksim Rafalovich
Murabbiy: Paxlavon Sobirov.

Musobaqa tafsilotlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring.