Skip to main content
Yangiliklar

Svetlana Osipova Chengdu Universiadasi bronza medali sohibi!

By 03.08.2023No Comments

-73 kg vaznda terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipova musobaqadagi ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. U ilk bahsida koreyalik Yonji Jangdan ustun keldi. Chorak final jangida esa Svetlana fransiyalik Mari-Pol Ble qiyinchiliksiz taslim etdi.

Final yo’lida hamyurtimiz mezbon yurt vakili Zeqi Zuga qarshi dayanga ko’tarildi. Bahs hamyurtimizning ustunligida o’tganiga qaramay, so’nggi raundda Svetlanadan omad yuz o’girdi.

Svetlana Osipovani o’zi uchun debyut musobaqada bronza medalini qo’lga kiritgani bilan tabriklaymiz.

Bu O’zbekiston taekvondo WT terma jamoasining Chendu Universiadasidagi umumiy hisobda oltinchi medali bo’ldi.

Tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda omad tilaymiz, Svetlana.