Skip to main content
Yangiliklar

O‘zbekiston Qahramoni Achilbay Ramatov 61 yoshda!

By 20.08.2023No Comments

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Achilbay Ramatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Achilbay Jumaniyazovich Ramatov 1962 yil 20 avgust kuni tug‘ilgan. U mamlakatimizning har sohada rivoj topib borishida, xususan, o‘zbek boksining bugungi cho‘qqiga chiqishiga ulkan hissa qo‘shgan sport fidoyilaridan. A.Ramatov 2012 yil O‘zbekiston boks federatsiyasi raisligiga kelgach tubdan katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Buning natijasida bokschilarimiz Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari, 2017 yil Toshkentda, 2019 yil Tailandda, 2021 yil BAAda o‘tgan Osiyo chempionati, 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari va 2019 yil Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Achilbay Ramatovning ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “Do‘stlik”, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, shuningdek, mamlakatimizning oliy mukofoti “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoniga ega.

O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi jamoasi Achilbay Jumaniyazovichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va kuch-g‘ayrat tilab qoladi.