Sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari hamda murabbiylari tomonidan ko’tarinki ruhda kutib olindi.
Xabar berganimizdek, 2-6-avgust kunlari Koreyaning Muju shahrida “Kimunyong Cup G1” va 11-12-avgust kunlari Chuncheon shahrida G-2 tasnifiga kiruvchi “Korea Open” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.
Ushbu nufuzli musobaqalarda O’zbekiston taekvondo assosiatsiyasi Namangan viloyati taekvondochilari umumiy hisobda 13 ta medalni qo’lga kiritishdi:
Kattalar:
+87 kg: Diyorbek Mo’ydinov (1 ta kumush)
-67 kg: Gulsanam Alijonova (2 ta bronza)
O’smirlar:
-44 kg: Gulshanoy Ismoilova (1 ta oltin, 1 ta kumush)
-55 kg: Asadbek Soataliyev (1 ta oltin, 1 ta kumush)
-68 kg: Xojiakbar Abdurasulov (1 ta oltin, 1 ta bronza)
-61 kg: Dilmurod Samijonov (1 ta oltin, 1 ta bronza)
-73 kg: Nursulton Hakimov (1 ta kumush, 1 ta bronza).