Bugun yozgi Universiada taekvondo bahslari doirasida terma jamoamizning uch nafar a’zosizga muxlislik qilamiz. Termamizning bugungi ishtirokini dastlab Najmiddin Qosimxojiyev boshlab bersa, keyingi bahslar Iroda Mirtojiyeva hamda Feruza Sodiqova ishtirokida start oladi. Vakillarimiz o’z ishtirokini quyidagi raqiblarga qarshi boshlaydi:
Najmiddin Qosimxojiyev – Javad Agayev (Ozarbayjon)
Iroda Mirtojiyeva – Anahita Tavakoli (Eron)
Feruza Sodiqova – Yuliya Sereda (Polsha)/Joy Ayegbeni (Nigeriya) g’olibiga qarshi.
Ma’lumot uchun, bahslarni yarim final bosqichidan boshlab, fisu.tv sayti va mobil dasturi orqali tomosha qilishingiz mumkin.