Skip to main content
Yangiliklar

Amirbek To’rayev va Shuhrat Salayev Chendu Universiadasida termamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim etdi!

By 01.08.2023No Comments

-58 kg vazn toifasida barcha raqiblarini yenggan holda finalga qadar yetib kelgan terma jamoamiz a’zosi Amirbek To’rayev hal qiluvchi bahsda eronlik Alirizo Husaynpur bilan to’qnash keldi. Final jangida hamyurtimizga afsuski, biroz omad yetishmadi. Shunday bo’lsa-da, Amirbek o’zining debyut ishtirokidayoq delegatsiyamiz hisobiga kumush medalini keltirgani bilan tabriklaymiz.


Shuningdek, Chendu Universiadasi doirasida -80 kg vazn toifasidagi final bahsida terma jamoamiz a’zosi, O’zbekiston delegatsiyasi bayroqdori bo’lmish Shuhrat Salayev xitoylik Kay Jang bilan to’qnash keldi. Afsuski, dramatik kechgan jang 2:0 hisobida so’nggi soniyalarda raqib foydasiga yakunlandi. Hamyurtimizni mazkur natija bilan tabriklagan holda unga musobaqadagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz.

Ma’lumot uchun, bu O’zbekiston taekvondo terma jamoasi uchun Chendu Universiadasida qo’lga kiritilgan oltinchi kumush medal bo’ldi.