Skip to main content
Yangiliklar

Bugun musobaqa kuni!

By 30.07.2023No Comments

Avval xabar berganimizdek, Xitoyning Chendu shahrida XXXI yozgi Universiada o’yinlari bo’lib o’tmoqda. Ortda qolgan ikki kun davomida musobaqa doirasida pumsae bahslarida g’olib va sovrindorlar aniqlandi. Bugundan musobaqada kyorugi bahslari start oladi. Bugungi kun doirasida 3 nafar vakilimiz g’oliblik uchun kurash olib boradi.

Vakillarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

– 68 kg, 1/32 final bosqichi. Diyor Tuxliboev – Markos Kabalyero (Ispaniya)

– 54 kg, 1/16 final bosqichi. Omonjon Otajonov – Chia Le Chen (Xitoy Taypeyi)

Ayollar o’rtasida – 57 kg, 1/16 final bosqichi. Madina Mirabzalova – Kosar Asase (Eron).