Skip to main content
Yangiliklar

Bugun Koreya Respublikasida “Muju Gran-Pri Chellenji” start oladi, ikkala vakilimiz ham bugunning o’zida dayanga chiqadi!

By 15.07.2023No Comments

Avval xabar berganimizdek, 15-17-iyul kunlari Koreya Respublikasining Muju shahrida G1 toifasidagi Gran-Pri Chellenji bo’lib o’tadi.

Bugun musobaqa start oladi. Unda ikki nafar hamyurtimiz — Omonjon Otajonov (58 kg) hamda Madina Mirabzalova (57 kg) ishtirok etishini ma’lum qilgan edik. Bugun ularning har ikkisi dayanga chiqadi.

Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

– 58 kg, 1/16 final bosqichi: OMONJON OTAJONOV – Yan Flegar (Xorvatiya)
– 57 kg, chorak final bosqichi: MADINA MIRABZALOVA – Cham Ngok Fam (Vyetnam).

Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:00 da boshlanishi belgilangan.