Skip to main content
Yangiliklar

Milliy terma jamoamiz Rossiya termasi a’zolari bilan qo’shma yig’in o’tkazmoqda

By 25.07.2023No Comments

Avvalroq xabar berganimizdek, taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi vakillari yaqinlashib kelayotgan Universiada o’yinlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish maqsadida assosiatsiyamiz bazasida o’quv-yig’in mashg’ulotlarini olib borishmoqda.

22-iyul kuni mazkur o’quv-yig’in mashg’ulotlariga Rossiya terma jamoasi vakillari kelib qo’shildi. Ayni kunlarda ikki terma jamoa a’zolari bazamizda mashg’ulotlarni davom ettirmoqda.

Rossiya terma jamoasining Toshkentdagi o’quv-yig’in mashg’ulotlarida ishtirok etayotgan tarkibi bilan tanishing:

Xan Polina
Alina Tepina
Idar Bagov
Damir Axmetov
Islam Shokuev

Ma’lumot uchun, o’quv-yig’in mashg’ulotlari 31-iyulga qadar davom etadi.