Skip to main content
Yangiliklar

Kamol Sirojitdinovni tabriklaymiz!

By 18.07.2023No Comments

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Kamol Komilovich Sirojitdinov 1985-yil 18-iyul kuni tavallud topgan. 2010-yil Andijon Davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2013-yil Toshkent tibbiyot akademiyasining magistr bosqichini tamomlagan. Koʻp yillar akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida turli lavozimlarda ishlab, ulkan tajriba toʻpladi. 2022-yildan MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Markazdagi boshqaruvi davrida sportchilarimizning salomatligini nazorat qilish, tibbiy-biologik taʼminotini yaxshilash, ular uchun katta koʻlamdagi qulayliklarni yaratish borasida bir qator samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi Kamol Sirojitdinovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.