Skip to main content
Yangiliklar

Bugun 4 nafar vakilimiz Universiada g’olibligi uchun kurashadi!

By 31.07.2023No Comments

Bugun Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Universiada o’yinlarining beshinchi kunidan o’rin olgan bellashuvlar bo’lib o’tadi. Bugungi kun doirasida musobaqada ishtirok etayotgan O’zbekiston taekvondo WT terma jamoasining to’rt nafar vakili dayanga ko’tariladi.

Vakillarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:

Ayollar o’rtasida – 49 kg, 1/16 final. Madinabonu Mannopova – Katerina Lazich (Avstriya)
– 58 kg, 1/16 final. Amirbek To’rayev – Hikaru Morikava (Yaponiya)
Ayollar o’rtasida – 67 kg, 1/8 final. Ozoda Sobirjonova – Mell Mina (Ekvador)
– 80 kg, 1/8 final. Shuhrat Salayev – Massinassa Chyorf (Jazoir)/Eltaj Gafarov (Ozarbayjon) g’olibiga qarshi.

Eslatib o’tamiz, bugun musobaqaning ilk kuni doirasida -54 kg vazndagi hamyurtimiz Omonjon Otajonov kumush medalni qo’lga kiritgan edi.