Skip to main content
Yangiliklar

Yosh taekvondochilarimiz Tailanddagi musobaqada ishtirok etishmoqda

By 26.10.2018No Comments
Tailand poytaxti Bangkok shahrida taekvondo WTF bo’yicha “8th Ti­Rak Taekwondo International Championship ­ 2018” musobaqasi boshlandi. Musobaqada jahonning 24 mamlakatidan 1000 nafardan ziyod taekvondochisi ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro turnirda Namangan va Jizzax viloyati sportchilari yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Taekvondochilarimiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etmoqdalar:

-37 kg: Hojiakbar Abdurasulov
-48 kg: Zohidjon Salimov
-63 kg: Abdulaziz Hamidullaev
-63 kg: Abdullajon SHomurodov
-73 kg: Muhammad Yoqubov
-78 kg: Doston CHilmuhammedov
-78 kg: Abdulaziz Mahmudov
-78 kg: Ibroxim Turg’unov
+87 kg: Diyorbek Mo’ydinov

-29 kg: Dilnoza Tangrieva
-37 kg: Diyora Imomalieva
-49 kg: Mumtozbegim Abduhalilova.