Skip to main content
Yangiliklar

O’zbekiston taekwondo WTF assotsiatsiyasi Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

By 01.10.2018No Comments

Bugun 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni! Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha talim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o’quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu borada bizning bir umrlik yo’ldoshimiz. Ularning o’gitlari esa alohida mavzu. Farzandlar talim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida etibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug’, degan purhikmat naqlida ham o’qituvchi va murabbiylarga bo’lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o’zining bilim va tajribasi, istedod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan, marifat yo’lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.

Fursatdan foydalanib, O’zbekiston taekwondo WTF assotsiatsiyasi ustoz va murabbiylarimizni bugungi bayram bilan muborakbod etadi!