Skip to main content
Yangiliklar

O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi va Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

By 21.10.2018No Comments
Shu kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida nufuzli Gran-Pri musobaqasi bo’lib o’tmoqda.
Musobaqa doirasida bir qator uchrashuvlar, rasmiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. SHu jumladan, O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi ham boshqa mamlakatlar taekvondo federatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri kuni kecha Buyuk Britaniya takevondo federatsiyasi bilan o’tkazildi. O’zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi bosh kotibi Abduazim Isroilov va Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi raisi Yuliya Nyuton ishtirokida o’tkazilgan tadbirda tomonlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo’shma o’quv-mashg’ulot yig’inlari tashkil etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va memorandum imzoladi.

Unga ko’ra ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni Jeyd Jons, jahon chempionati sovrindorlari Byanka Uolkden, Muhammad Lutalo kabi sportchilar O’zbekistonga kelib, mashg’ulotlar o’tkazadilar, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadilar. SHuningdek, kelasi yili Manchester shahrida o’tkaziladigan jahon chempionati oldidan O’zbekiston terma jamoasining o’quv-mashg’ulot yig’inlari aynan o’sha erda tashkil etiladi. Bundan tashqari, O’zbekiston taekvondo associaciyasining murabbiy, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari mumkin bo’ladi.