Skip to main content
Yangiliklar

O’smirlar Olimpiadasida O’zbekistonga ilk medalni taekvondochi Ulug’bek Rashitov taqdim etdi

By 09.10.2018October 13th, 2018No Comments
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o’smirlar Olimpiya o’yinlari boshlandi.

Musobaqaning ilk kunidayok yosh sportchilarimiz dastlabki medalga ega chiqishdi. Taekvondo bo’yicha -48kg vazn toifasida yurtimiz sharafini qilayotgan Ulug’bek Rashitov musobaqa davomida Mo’g’uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag’lubiyatga uchratib, finalgacha etib bordi.

Hal qiluvchi jangda esa u afsuski rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo’ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.

Qayd etish lozimki, so’nggi vaqtlarda taekvondo bo’yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Indoneziyadagi Osiyo o’yinlarida 6ta medal qo’lga kiritishgandi. Endi esa O’smirlar Olimpiadasida Ulug’bek Rashitov kumush medal sohibi bo’ldi.

Bu o’zbek taekvondosi uchun tarihiy natijadir. Bungacha O’smirlar olimpiya o’yinlarida yigitlar o’rtasidagi bahslarda taekvondochilar medal qo’lga kirita olmagandilar.