Skip to main content
Yangiliklar

Turdosh sport turlari. Taekvondo WTF bo’yicha musobaqa yakunlandi

By 25.09.2018No Comments

Xabar berib o’tganimizdek, Milliy olimpiya qo’mitasi tashabbusi bilan to’rtta sport turida selektsion musobaqalar o’tkazilmoqda. Maqsad – noolimpiya sport turlaridan taekvondo WTF, boks, dzyudo va karate WKF kabi sport turlariga yangi nomlarni saralab olish va ularni Olimpiya o’yinlariga tayyorlab borishdir. Bugun turnirlarning dastlabkisi – taekvondo WTF bo’yicha bahslar tashkil qilindi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan sportchilar ishtirok etishdi. Qayd etish lozimki, ushbu musobaqada Olimpiya yo’nalishi (WTF)dan tashqari taekvondoning boshqa yo’nalishlaridan sportchilar ishtirok etishdi.

E’tiboringizga turnirda sovrindor bo’lgan sportchilar ro’yxatini taqdim etamiz:

O’g’il bolalar:

-58kg:

1-o’rin: Muhammadjon Bahromov
2-o’rin: Hasan Inomjonov
3-o’rinlar: Umar Haydarov, Muhammadjon Umarov

-68kg:

1-o’rin: Azizjon Shuhratov
2-o’rin: Abdugafur Abdullaev
3-o’rin: Bagdan Lopin, Jaloliddin Ibodullaev

-80kg:

1-o’rin: Muhammad Boboxonov
2-o’rin: Jasur Ne’matov
3-o’rin: Sardor Yunusov, Feruz Yashimuradov

+80kg:

1-o’rin: Ikrom Isroilov
2-o’rin: Bekzod Toirov
3-o’rin: Dilshodbek Ergashev

Qizlar:

-49kg:

1-o’rin: Benazir Isakbaeva
2-o’rin: Munisa Xushnazarova
3-o’rin: Mohinabonu Ahadova

-57kg:

1-o’rin: Madina Mirabzalova
2-o’rin: Gulnoza Solieva
3-o’rin: Saltanat Zuxriddinova, Durdona Abdulhaeva

-67kg:

1-o’rin: Nishongul Yergalieva
2-o’rin: Nozima Abdullaeva
3-o’rin: Shinargul Tolegenova

+67kg:

1-o’rin: Maryam Toshmuhammedova
2-o’rin: Durdona Shokirova
3-o’rin: Zuhra Tursunbaeva.

Musobaqa yakunida birinchi o’rin sohiblarining har biriga Milliy olimpiya qo’mitasi tomonidan 5 million so’m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etildi. Ikkinchi va uchinchi o’rin egalari esa mos ravishda 1 million so’m va 500 000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.