Skip to main content
Yangiliklar

Toshkentda “Koreya elchisi kubogi” start olmoqda

By 20.09.2018September 24th, 2018No Comments
22-23 sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WTF bo’yicha Koreya Respublikasining O’zbekistondagi elchisi kubogi uchun musobaqa bo’lib o’tadi.

Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan 350 nafardan ortiq saralangan sportchilar ishtirok etishadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 22 sentyabr kuni soat 11:00da Taekvondo WTF associaciyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida bo’lib o’tadi.

Ochilish marosimida Janubiy Koreyaning jahonga mashhur “Kukkivon” taekvondo markazi vakillari tomonidan tayyorlangan shou, ko’rgazmali chiqishlar ham namoyish etiladi. Ajoyib tomosha, keskin kurashlar guvohiga aylanishni istasangiz 22-23 sentyabr kunlari “Universal” sport majmuasiga tashrif buyuring.