Skip to main content
Yangiliklar

Taekvondochilarimiz Qozog’istondagi reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

By 11.09.2018September 22nd, 2018No Comments
7-9 sentyabr kunlari Qozog’istonning Atirau shahrida taekvondo WTF bo’yicha Qozog’iston I Ochiq chempionati reyting musobaqasi bo’lib o’tdi.
Taekvondochilarimiz Qozog’istondagi reyting musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Bahslarda 15 mamlakatdan 376 nafar sportchi sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishdi. Terma jamoamiz azolari bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va 4ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

Hamyurtlarimiz orasida quyidagi sportchilar sovrindor bo’lishdi:

Oltin medal:

CHaros Qayumova
Madinabonu Mannopova
SHohrux Rajabov
Abror To’raev

Kumush medal:

SHuhrat Salaev
SHahboz Do’smatov

Bronza medal:

Temur Uralov

Ushbu musobaqa orqali sportchilarimiz Tokiodagi Olimpiya o’yinlariga reyting ochkolari yig’ishni boshlashdi. Ikki yil davomida shu kabi reyting musobaqalar yordamida taekvondochilarimiz qimmatli ochkolarni to’plab borishadi va yakunda eng yaxshi reyting ko’rsatkichlariga  ega bo’lgan sportchilar  2020 yilgi Olimpiya o’yinlariga litsenziyani qo’lga kiritishadi.