Skip to main content
Yangiliklar

Osiyo o’yinlari sovrindorlarining murabbiylari taqdirlandi

By 28.09.2018No Comments
Joriy yilning 21 sentyabr kuni XVIII yozgi Osiyo o’yinlarining g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o’tkazilib, sportchilarmizga pul mukofotlari topshirilgan edi.

Bugun, 28 sentyabr kuni, Olimpiya shon-shuhrati muzeyida tantanali marosim tashkil etilib, unda o’yinlarining g’olib va sovrindorlarini tayyorlagan trenerlarga pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi.

Dastlab, Prezidentning yoshlar, fan, talim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tadbirni ochib berib, Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport masalalari bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilish o’tkazilgani va sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish bo’yicha vazifalar belgilab berilgani takidladi. SHuningdek, barchani yaqinlashib kelayotgan 1 oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabriklab, sport murabbiylariga masuliyatli va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

SHundan so’ng Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining XVIII yozgi Osiyo o’yinlari g’olib va sovrindorlarini tayyorlagan trenerlarini taqdirlash bo’yicha farmoyishini o’qib eshittirdi.

Unga ko’ra, Osiyo o’yinlarida shogirdlari oltin medalni qo’lga kiritgan murabbiylar 2500, kumush medal 1500, bronza medalga ega chiqqan sportchilarimizning murabbiylari esa 1000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi.

Tantanali tadbirda kurash bo’yicha murabbiy Rizamat Soliev va boks bo’yicha murabbiy O’tkir Haydarovga so’zga chiqib, davlatimiz rahbarning g’amxo’rligi va sohaga qaratilayotgan etiboridan mamnun ekanliklarini, kelgusida ham chempion shogirdlar etishtirib chiqarish yo’lida yanada ishtiyoq bilan mehnat qilishlarini bildirishdi.

Eslatib o’tamiz, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o’tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o’yinlarida sportchilarimiz 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 ta medalni qo’lga kiritib, davlatimizning mazkur o’yinlar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishgan edi.