Skip to main content
Yangiliklar

O’zbekistonda taekvondo WTF targ’iboti yanada kuchaytiriladi

By 29.09.2018No Comments
Xabaringiz bor, 20 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagishlangan yig’ilish o’tkazib, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, uni yanada rivojlantirish bo’yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergandilar.

Xabaringiz bor, 20 sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev jismoniy tarbiya va sport masalalariga bagishlangan yig’ilish o’tkazib, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish, uni yanada rivojlantirish bo’yicha istiqboldagi muhim vazifalarni belgilab bergandilar.

Yurtboshimiz tomonidan berilgan bir qator muhim topshiriqlar ijrosini taminlash, uni amalga oshirish maqsadida bugun O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tashabbusi bilan O’zbekiston taekvondo WTF associaciyasida katta yig’ilish o’tkazildi. Unda yurtimizda taekvondoning WTF yo’nalishini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish, terma jamoa uchun yangi nomlarni saralab olish kabi masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, aholi gavjum joylarda, jumladan markaziy ko’chalar, istirohat bog’larida taekvondoni targ’ib qilish, aholini sportning ushbu turiga qiziqtirish, mehribonlik uylarida turli ko’rgazmali mashg’ulotlar o’tkazish, shuningdek, bog’cha-maktablarda taekvondo to’garagini ochish bo’yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.

Qolaversa, O’zbekistonda ilk marotaba 7-11 yoshli sportchilar o’rtasida taekvondoning kuryugi va pumse yo’nalishlari bo’yicha Respublika birinchiligi o’tkazilishi malum qilindi. Qayd etish lozimki, avvallari bunday yoshdagi taekvondochilar o’rtasida ushbu yo’nalishlar bo’yicha O’zbekiston chempionati tashkil qilinmas edi. Bu qadam mamlakatimizda sportning ushbu turi rivojiga o’z hissasini qo’shishiga shubha yo’q.

Yig’ilish davomida yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taekvondo bo’yicha sportchilarni tarbiyalayotgan bir qator murabbiylarga esdalik sovg’alari topshirildi. Sportchilarimizning qo’lga kiritayotgan yutuqlarida ustozlarning o’rni beqiyos ekanligi alohida qayd etildi.