Skip to main content
Yangiliklar

Taekwondo WT. Sportchilarimiz Tojikistondagi musobaqada shohsupaga ko‘tarilishdi

By 05.07.2018July 7th, 2018No Comments

30 iyun – 2 iyul kunlari Tojikistonda taekwondo WT bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 20 nafar sportchi himoya qildi. Musobaqa davomida murabbiylarimiz asosan terma jamoaga nomzod, zaxira tarkibni sinovdan o‘tkazishdi. Xalqaro turnir yakunlariga ko‘ra, 10 nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi:

Kattalar:

-49kg: Nafisa Qamchibekova – 1-o‘rin
+67kg: Dildora Hakimova – 1-o‘rin
-74kg: Abdulhamid Abduqahhorov – 2-o‘rin
-74kg: Mufazzal Marufov – 3-o‘rin

O‘smirlar:

-68kg: Yoqub Zulimov – 1-o‘rin
-63kg: Kamoliddin Rahmataliyev – 1-o‘rin
-55kg: Bahodir Mirzaboyev – 1-o‘rin
-59kg: Olim Mashrabjonov – 2-o‘rin
+52kg: Shukrona Qurbonova – 2-o‘rin
-55kg: Buron Shodiyev – 3-o‘rin

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamizning asosiy tarkibi ayni kunlarda XVIII Osiyo o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda.