Skip to main content
Yangiliklar

Taekwondo WT assotsiatsiyasida sport kollejlari rahbarlari va murabbiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

By 05.07.2018July 7th, 2018No Comments

Bugun, 5 iyul kuni O‘zbekiston taekwondo WT assotsiatsiyasida respublikamizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari rahbar va murabbiylari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi. Unda taekwondo WT federatsiyasi raisi Laziz Hasanov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Jang san’ati va yakkakurashlar departamenti direktori Sardor Toshxo‘jayevlar ham qatnashishdi.

Yig‘ilish davomida sportning ushbu turi bo‘yicha qayd etilayotgan natijalar samaradorligini oshirish, Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul kvotalari va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Undan tashqari, taekwondoni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari orasida ko‘plab musobaqalar va sport tadbirlari tashkil etish maqsadida bir qator takliflar beldirildi.