Skip to main content
Yangiliklar

Taekwondo WT assotsiatsiyasi ITF yo‘nalishi murabbiylari uchun seminar tashkil qildi

By 05.07.2018July 7th, 2018No Comments

Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida taekvondo ITF yo‘nalishi murabbiylari uchun seminar tashkil qilindi. Unda Olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi murabbiylari ITF dagi hamkasblari uchun mahorat darslarini tashkil etib berishdi. Murabbiylar WT yo‘nalishidagi qoidalar, o‘zgarishlar va yangiliklardan boxabar bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, taekwondoning WT yo‘nalishi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. Bugungi seminar O‘zbekistonda ITF yo‘nalishidagi taevkondochilarni Olimpiya yo‘nalishiga jalb qilish yo‘lidagi navbatdagi qadamlardan biri bo‘ldi.