Skip to main content
Yangiliklar

Terma jamoa Osiyo chempionatida ishtirok etadi

By 22.05.2018July 3rd, 2018No Comments

24-28 may kunlari Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo va parataekvondo bo‘yicha XXIII Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda 5 nafar parataekvondochi, asosiy termada 10 nafar erkak, 6 nafar ayol taekvondochiimiz yurtimiz sha’nini himoya qiladi. Vakillarimiz tarkibidan nufuzli xalqaro turnirlar g‘oliblari, jahon chempioni va Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari joy olgan.

Qit’a musobaqasining kerugi bahslarida parataekvondochilarimizdan Sanjarbek Muxtorov (-61), Farhodjon Mamaziyoyev (-75), Javohir Aliqulov (-61), Guljanoy Naimova (+58), Ziyodaxon Isoqova (-49) ParaOsiyo chempionatida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishsa, Akmal Ergashev boshchiligidagi asosiy terma jamoa a’zolari Madinabonu Mannopova (-46), Charos Qayumova (-49), Zariya Qosimova (-57), Bahrom Abdullayev (-54), Suhrob Bobobekov (-58), Niyoz Po‘latov (-58), Nikita Rafalovich (-74), Sardor Toirov (-63), Maksim Rafalovich (-80), Jasur Boyqo‘ziyev (-87), Dinoraxon Mamadibragimova (-53), Nigora Tursunqulova (-67), Dmitriy Shokin (+87), Svetlana Osipova (+73) esa qit’a chempionligi uchun dayanga chiqadilar.

Kuni kecha sportchilar Vyetnamga jo‘nab ketishdi. Sportchilarimizga nufuzli musobaqada omad tilaymiz!