Skip to main content
Yangiliklar

“Olimpiya kelajagi” musobaqalari boshlandi

By 23.04.2018July 3rd, 2018No Comments

Dam olish kunlari Farg‘ona viloyatida taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Olimpiya kelajagi” musobaqasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Jamoaviy tarzda o‘tgan bahslarda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari vakillari ishtirok etishdi. Yakunda 1-o‘rinni Farg‘ona, 2-o‘rinni Namangan, 3-o‘rinni Andijon viloyati vakillari egallashdi. Qolgan hududlarda ham bosqichma-bosqich musobaqalar o‘tkazib boriladi.

G‘olib jamoa noyabr oyida Toshkentda o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etadi.