Skip to main content
Yangiliklar

Jahon chempionatida medallarimiz soni uchtaga yetdi

By 12.04.2018July 3rd, 2018No Comments

Xabaringiz bor, tunisning hammamet shahrida taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda medallarimiz soni yana bittaga ko‘paydi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda -52kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan ozoda sobirjonova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda finalgacha yetib bordi. Ammo, hal qiluvchi jangda u amerikalik anastasiya zolotichga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda -45kg vazn toifasida amirbek to‘rayev kumush, -51kg vaznda esa ulug‘bek rashidov bronza medalini qo‘lga kiritgandi.